Isitish, sovutish va yoritish uskunalarini patentlash | 11-klass MKTU
31.08.2026

Dunyodagi ilk konditsioner 1902-yilda AQShda ixtiro qilinib, 1906-yilda rasman patentlanganini bilarmidingiz? Qizig‘i, u dastlab insonlarni salqinlatish uchun emas, bosmaxonadagi qog‘oz va siyoh namligini bir me’yorda saqlash uchun yaratilgan. Bugun esa iqlim nazorati va maishiy texnika vositalarisiz kundalik hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Agar siz yoritish, isitish, sovutish yoki sanitariya uskunalarini ishlab chiqarsangiz yoxud sotsangiz, brendingizni 11-sinf (11-klass MKTU) bo‘yicha patentlashingiz kerak.
11-sinfga qanday mahsulotlar kiradi?
Yoritish moslamalari: Yoritish chiroqlari, lampalar, projektorlar va lyustralar;
Iqlim va sovutish uskunalari: Konditsionerlar, muzlatgichlar va sovutish tizimlari (tibbiyot va laboratoriya uchun maxsus iqlim tizimlari mavjud bo'lsa, bu tibbiyot uskunalarini patentlash 10-klass doirasida ham ko'rib chiqiladi);
Isitish tizimlari: Isitish uskunalari, isitish qozonlari (katyol) va radiatorlar;
Oshxona texnikasi: Pechlar, gaz plitalari va pishirish qurilmalari;
Ventilyatsiya: Ventilyatsiya tizimlari va havo tozalagichlar;
Santexnika: Santexnika va sanitariya jihozlari (vanna, unitaz, dush kabinalari);
Suv isitish uskunalari: Suv ta’minoti va suv isitish qurilmalari (ariston, boyler).
Muhim farq: 11-sinf va 12-sinfni adashtirmang!
Patentlash jarayonida nozik jihatlarga e’tibor qaratish shart. Masalan, xonadonlar va binolar uchun mo‘ljallangan oddiy yoritish lampalari 11-sinfga kiradi. Biroq, avtomobil faralari va avtotransport chiroqlari transport vositalari toifasi hisoblangan 12-sinfga mansub (ayniqsa, siz avto-aksessuarlar yoki avtoservisni patentlash yo'nalishida ish olib borsangiz, bunga alohida e'tibor berish lozim).
Klasslarni noto'g'ri tanlash eng ko'p uchraydigan brendni patentlash xatolari sirasiga kiradi hamda xarajatlaringiz behuda ketishiga va brendingiz himoyasiz qolishiga olib kelishi mumkin.
Jarayonni to'g'ri boshlash uchun brendni patentlash bosqichlari bilan tanishib chiqing, dastlab brendni bepul tekshirish xizmatidan foydalaning va patent olish qancha vaqt oladi degan savollaringizga aniqlik kiritish uchun bizga murojaat qiling.
Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.
Bepul konsultatsiya olish