Blog va yangiliklar

Kanselyariya va o‘quv qurollarini patentlash | 16-klass MKTU

Kanselyariya va o‘quv qurollarini patentlash | 16-klass MKTU

Yangi o‘quv yili boshlanishi yoki ofis ehtiyojlari davrida o‘quv qurollari va kanselyariya mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin oshadi. Faber-Castell, ErichKrause yoki Parker kabi nomlar xaridorlarda sifat va ishonch timsoliga aylangan. Agar siz ham o‘quv qurollari, bosma nashrlar yoki kanselyariya tovarlarini ishlab chiqarsangiz yoxud o‘z brendingiz ostida sotsangiz, uni Xalqaro tovar va xizmatlar tasnifining 16-sinfi (16-klass) bo‘yicha patentlab qo‘yishingiz zarur.

16-sinfga qanday mahsulotlar kiradi?

  • Yozuv va chizmachilik anjomlari: sharikli va gelli ruchkalar, oddiy va rangli qalamlar, markerlar, flomasterlar;
  • Qog‘oz, karton va ulardan tayyorlangan mahsulotlar: umumiy daftarlar, bloknotlar, kundaliklar, printer qog‘ozlari, albomlar va karton qutilar;
  • Bosma va nashriyot mahsulotlari: kitoblar, jurnallar, plakatlar, broshyuralar, taqvimlar va geografik xaritalar;
  • Rassomlik va tasviriy san’at anjomlari: mo‘yqalamlar, molbertlar, palitralar va kanvalar;
  • Kanselyariya va maishiy yopishtiruvchi moddalar: qog‘oz yelimi (PVA, yelim qalamlar), skotch va yopishqoq lentalar;
  • Ofis va maktab kanselyariyasi: o‘chirg‘ichlar (sterka), qalamtaroshlar, steplerlar, skrepkalar, papkalar va fayllar.

Nega kanselyariya brendini patentlash muhim?

Kanselyariya bozorida tashqi ko‘rinish va qadoqni nusxalash juda oson. Sifatli qog‘oz yoki qulay ruchka ishlab chiqarib, nomingizni xaridorga tanitganingizdan so‘ng, arzon va sifatsiz kontrafakt mahsulotlar sizning nomingizdan sotilishi xavfi paydo bo‘ladi. Ko'pchilik yo'l qo'yadigan brendni patentlash xatolari oldini olish uchun jarayonni to'g'ri tashkil qilish zarur.

Jarayondan oldin brendni patentlash bosqichlari bilan tanishib chiqing hamda imkoniyatdan foydalanib brendni bepul tekshirish xizmatidan o'ting. Brendingizni Adliya vazirligida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish sizga ushbu sohada mutlaq qonuniy himoya kafolatini beradi. Brend nomingizni 16-sinf bo‘yicha tovar belgilar bazasidan bepul tekshirish va patentlash uchun arizangizni qoldiring!

Brendingizni himoya qilishni bugun boshlang.

Bepul konsultatsiya olish
← Barcha maqolalar